
Do‘stlaringiz bilan yangi chiqqan, hamma maqtayotgan filmga bordingiz. Chipta oldingiz, joyingizga o‘tirdingiz. Lekin film boshlanganidan 20 daqiqa o‘tib, bu kino umuman sizga yoqmay qoldi 🤦♂️.
Shunda ko‘pchilik nima deydi? “Baribir 60,000 so‘m to‘lab bo‘ldik-ku, oxirigacha ko‘rib ketamiz.” Natijada yana 2 soatni zerikib o‘tkazasiz.
Lekin aslida 60,000 so‘m allaqachon ketgan. Uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun kinoda qolish yoki chiqib ketish haqida qaror qilayotganda bu 60,000 so‘mni hisobga olmaslik kerak ❌.
Mana shu Sunk Cost deb ataladi — yani allaqachon sarflanib bo‘lgan va qaytarib bo‘lmaydigan xarajat. Qaror qabul qilayotganda o‘tib ketgan xarajatga emas, kelajakda o‘zgaradigan xarajatlarga qarash kerak 📊.
Masalan, kinodan chiqib ketsangiz, 2 soat tejaysiz. Shu vaqtni do‘stlaringiz bilan gaplashib, uyga borib dam olib yoki boshqa foydali ishga sarflashingiz mumkin. 🎯
💬 Siz qaror qilayotganda sunk cost'larni hisobga olasizmi?👇
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish