MFA
← Blogga qaytish

Management Accounting

Expected Value

Tasavvur qiling, siz Toshkentda kichkina somsa biznesi boshladingiz. Ertaga odam ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin aniq bilmaysiz. Shuning uchun ertalab nechta somsa…

MA

MFA Academy

Telegram kanali

E'lon qilingan: 13-sentabr, 20261 daq

Tasavvur qiling, siz Toshkentda kichkina somsa biznesi boshladingiz. Ertaga odam ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin aniq bilmaysiz. Shuning uchun ertalab nechta somsa tayyorlashni hal qilishingiz kerak.

Agar odam ko‘p kelsa, 200 ta somsa sotishingiz mumkin. Agar odam kamroq kelsa, esa atigi 100 ta sotiladi. Siz esa oldindan qancha talab bo‘lishini bilmaysiz.

Shunda qaror qabul qilishning bir usuli — har bir natijaning ehtimolini hisobga olish.

Masalan, odam ko‘p kelish ehtimoli 60%, kam kelish ehtimoli esa 40% bo‘lsa, biz shunchaki “200 ta sotarkanmanmi” yoki “100 tami" deb qarab o'tirmaymiz. Har bir mumkin bo‘lgan natijani uning ehtimoliga ko‘paytiramiz.

200 × 60% + 100 × 40% = 160 ta
Demak, bizning Expected Value = 160 ta.

▪️Bu degani ertaga aynan 160 ta somsa sotiladi degani emas. Balki 200 ta ham bo‘lishi mumkin, 100 ta ham. 160 — shunchaki mumkin bo‘lgan natijalarni o'rtachasi.

Aslida menimcha, Expected Value’ning eng qiziq joyi ham shu: u bizga kelajakni bashorat qilib bermaydi. Shunchaki kelajak noaniq bo‘lgan paytda turli variantlarni solishtirishga yordam beradi.

ACCA PM’da ham aynan shu mantiqdan foydalanamiz. Bir nechta possible outcomes bor, ularning probabilities’i bor — biz esa qaysi qaror o‘rtacha hisobda yaxshiroq natija berishini ko‘rish uchun Expected Valueni hisoblaymiz.

Hayotda ham ko‘p qarorlar aslida shunday. Biz kelajakda nima bo‘lishini aniq bilmaymiz. Lekin ehtimollarni hisobga olib, eng mantiqli qarorni tanlashimiz kerak.

UlashishTelegram'da ulashish

Chuqurlashtirish

ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang

Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.

Ariza qoldirish

Keyingi o'qish