MFA
← Blogga qaytish

Management Accounting

Raqobatchingiz sizdan arzon sotayotgan bo‘lsa, u zarar qilyaptimi?

Tasavvur qiling, Safia va Cake Lab bir xil shirinlik ishlab chiqarib, sotadi.

MA

MFA Academy

Telegram kanali

E'lon qilingan: 19-sentabr, 20262 daq

Tasavvur qiling, Safia va Cake Lab bir xil shirinlik ishlab chiqarib, sotadi.

Bitta tortni tayyorlash uchun:
mahsulotlar — $20
Ishchilarga to‘lov — $10

Demak, bitta tort uchun variable xarajat $30.

Lekin biznesda bundan boshqa xarajatlar ham bor:

  1. Ijara
  2. Menejerlarning oyligi
  3. Uskunalar xarajati

Bu fixed xarajatlarni ham shirinliklarga taqsimlasak, bitta tortning to‘liq tannarxi $50 chiqadi.

Bir kuni Korzinkadan zakas tushadi:

“Bizga kuniga 100 ta tort kerak. Lekin maksimum $40 to‘lay olamiz.”

deyishadi.

"Cake Lab"ning Management Accountanti hisoblasa:

“Bitta tortni ishlab chiqarish $50 ga tushyapti. $40 ga sotsak, har biridan $10 zarar qilamiz.”

Va buyurtmani rad qilishni menejmentga taklif etadi.

"Safia"ning Management Accountanti esa biroz boshqacha o‘ylaydi:

“Bu buyurtmani olishimiz uchun aslida qo‘shimcha qancha xarajat qilamiz va qo'shimcha qancha return bo'ladi?”

U yana quyidagi narsalarni ham o'yladi:

  1. Safia shu buyurtmani olsa ham, olmasa ham ijara to'lashini.
  2. Menejerlarga oyliklarini baribir berishini.
  3. Uskunalarga baribir oylik harajat qilinishini.

Demak, 1 ta qo‘shimcha tort uchun Safiaga asosan $30 lik variable costgina xarajat bo'lishini hisoblab chiqdi.

Korzinka esa $40 to‘layapti.

Shunda har bir shirinlikdan:

$40 – $30 = $10 qoladi.
100 ta tortdan esa: $1,000
Bir oyda esa: $30,000.

Shuning uchun u "Safia" menejmentiga buyurtmani qabul qilishni tavsiya etadi.

Nima deb o‘ylaysiz, "Cake Lab"ning Management Accountanti xato qildimi? Aslida xato deb ham bo'lmaydi.

U shunchaki Absorption Costing bo‘yicha cost hisoblayapti:

Hamma ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olsam, mahsulot tannarxi qancha?”

Safianing Management Accountanti esa Marginal Costing bo‘yicha qarayapti:

"Har bitta qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarishim menga qo‘shimcha qancha xarajat tushadi va qancha qo'shimcha "contribution" beradi?”

Mana shu yerda asosiy farq:
Absorption Costing — mahsulotning to‘liq tannarxini ko‘rsatadi.
Marginal Costing — qo‘shimcha buyurtma biznesga qancha pul olib kelishini ko‘rsatadi.
Shuning uchun ba’zida $50 tannarxli mahsulotni $40 ga sotish ham noto‘g‘ri qaror bo‘lmasligi mumkin.

Qachon deysizmi?

Agar sizda qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarishga CAPACITY bo'lsa, va bu sizga FIXED COSTlarni o'zgartirmasa.

UlashishTelegram'da ulashish

Chuqurlashtirish

ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang

Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.

Ariza qoldirish

Keyingi o'qish