O'zim ham samolyotda uchish kerak bo'lsa, ko'pincha aviachiptaning narxiga qarayman. Ayniqsa, $60 ga economy ticket ko'rsangiz, birinchi savol oddiy:
"Uzbekistan Airways bu bitta chiptadan qancha pul ishlab qoladi?"
Lekin accountant sifatida qarasak, bu savolning javobi shunchaki $60 emas.
Chunki yo'lovchi pulni to'lagan paytdan boshlab, samolyotning o'zi, lease, depreciation, foreign exchange va boshqa ko'plab accounting masalalari paydo bo'ladi.
Keling, bugun Uzbekistan Airways'ga yo'lovchi emas, accountant sifatida qaraymiz.
Tafsilotlar
Quyidagi raqamlar accounting treatmentlarni tushuntirish maqsadida ishlatiladi:
- Economy ticket price: $60
- bir yo'lovchiga o'rtacha cost: $27
- O'rtacha ROU Asset: $28 million
- Lease term: 12 yil
- Oylik interest expense: $280,000
- Reported foreign exchange loss: 549.37 milliard so'm (source)
IFRS 15 — Ticket Revenue
Faraz qilaylik, siz Uzbekistan Airways'dan $60 ga economy ticket sotib oldingiz.
Lekin parvoz hali amalga oshmagan.
Bu yerda qiziq accounting masalasi paydo bo'ladi: kompaniya sizdan $60 oldi, lekin hali o'z xizmatini ko'rsatgani yo'q.
Shuning uchun kompaniya darhol $60 ni Revenue sifatida tan olmaydi.
Pul kelib tushganda:
Dr Cash $60
Cr Contract Liability $60
Ya'ni kompaniya hali yo'lovchiga xizmat ko'rsatishi kerak.
Parvoz amalga oshirilgandan keyin:
Dr Contract Liability $60
Cr Revenue $60
Demak:
Customer pulni to'ladi ≠ Revenue tan olindi.
- Revenue xizmat ko'rsatilgandan keyin tan olinadi.
Cost of Sales
Endi boshqa tomoni.
Faraz qilaylik, Xorazmga uchayotgan bitta yo'lovchiga o'rtacha $27 xarajat to'g'ri keladi.
Bu xarajatlarga yoqilg'i, airport servislari, ishchilar harajatlari kirishi mumkin.
Shunda:
Revenue = $60
Cost = $27
Gross Profit = $33
Gross profit margin:
$33 ÷ $60 × 100 = 55%
Ya'ni, soddalashtirilgan hisobimiz bo'yicha bitta $60 lik chiptadan $33 gross profit qoladi.
Lekin bu hali kompaniyaning yakuniy foydasi degani emas.
Chunki bundan keyin depreciation, lease expenses, finance costs, foreign exchange losses va boshqa xarajatlar ham mavjud.
IFRS 16 — Leased Aircraft
Aviakompaniya har doim ham samolyotni sotib olmaydi. Samolyotlar lease orqali ham ishlatilishi mumkin.
IFRS 16 bo'yicha lease boshlanganda kompaniya Right-of-use Asset va Lease Liabilityni tan oladi.
Faraz qilaylik, o'rtacha ROU Asset $28 million, lease term esa 12 yil.
Soddalashtirish uchun residual value = $0 va depreciation straight-line method orqali hisoblanadi deb olamiz.
$28m ÷ 12 = $2.333m
Provodka quyidagicha bo'ladi
Dr Depreciation Expense $2.333m
Cr Accumulated Depreciation $2.333m
Bundan tashqari, lease liability bo'yicha oylik interest expense $280,000 deb olaylik.
Dr Finance Cost $280,000
Cr Lease Liability $280,000
Yillik interest expense:
$280,000 × 12 = $3.36 million
- Demak, leased aircraft kompaniyaning Profit or Loss'iga ham depreciation, ham finance cost orqali ta'sir qiladi.
IAS 21 — Foreign Exchange
Endi esa eng katta raqamga o'tamiz.
Aviakompaniya faoliyatida Dollar va euro kabi xorijiy valyuta bilan bog'liq tranzaksiyalar ko'p bo'lishi mumkin.
Shuning uchun exchange rate o'zgarishi kompaniyaning financial natijasiga jiddiy ta'sir qilishi mumkin.
2025-yil 1chi yarmida Uzbekistan Airways 549.37 milliard so'm foreign exchange loss yozgan.
Buni oddiy misolda ko'ramiz.
Faraz qilaylik, kompaniyaning $1 million payables bor.
Qarz olinyotganidagi exchange rate
$1 = 12,500 so'm
Payables:
$1m × 12,500 = 12.5bn so'm
Keyinchalik dollar kursi:
$1 = 13,000 so'm
Payable:
$1m × 13,000 = 13bn so'm
Exchange loss:
13bn − 12.5bn = 500m so'm
Accounting entry:
Dr Foreign Exchange Loss 500m so'm
Cr Trade Payable 500m so'm
Ya'ni kompaniya yangi xarajat qilmagan bo'lsa ham, exchange rate o'zgarishining o'zi Profit or Loss'da loss keltirib chiqarishi mumkin.
Conclusion
Biz odatda aviakompaniyani shunchaki chipta sotadigan kompaniya deb tasavvur qilamiz. Lekin accountant sifatida qaralganda, bitta parvozning o'zida ham bir nechta accounting masalalari bor.
IFRS 15 revenue qachon tan olinishini, IFRS 16 esa leased aircraft qanday accounting qilinishini tushuntiradi. IAS 21 esa foreign currency bilan bog'liq tranzaksiyalar kompaniyaning moliyaviy natijasiga qanday ta'sir qilishini ko'rsatadi.
Shuning uchun kompaniyaning daromadini ko'rib, uning haqiqiy moliyaviy holati haqida darhol xulosa qilib bo'lmaydi. Revenue ortida costs, leases va exchange rate o'zgarishlari kabi ko'plab omillar turadi.
Agar accountingni real hayotdagi kompaniyalar orqali o'rganishni va shunga o'xshash qiziqarli maqolalarni o'tkazib yubormaslikni istasangiz, MFA Academy'da ACCA kurslariga yoziling.
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish