MFA
← Blogga qaytish

Financial Accounting

Accounting for Tashkent Metro Stations

O'zim ham MFA Academy'dan uyga qaytishda ko'pincha "Novza" metrosidan foydalanaman. Yo'lovchilar soni shunchalik ko'pki, ba'zan o'zimga o'zim savol berib qolaman:

Olimov Faxriddin

Olimov Faxriddin

Tutor at MFA Academy

E'lon qilingan: 31-iyul, 20262 daq

O'zim ham MFA Academy'dan uyga qaytishda ko'pincha "Novza" metrosidan foydalanaman. Yo'lovchilar soni shunchalik ko'pki, ba'zan o'zimga o'zim savol berib qolaman:

"Toshkent Metrosi O'zbekiston iqtisodiyotiga qancha foyda keltirar ekan?"

Qiziq tomoni shundaki, ayrim manbalarga ko'ra, metro hozirgacha foyda bilan emas, zarar bilan faoliyat yuritmoqda. Keling, bugun unga yo'lovchi emas, accountant nigohi bilan qaraymiz.

Tafsilotlar

Har bir yo'lovchi uchun revenue: 1700 so'm

Yo'lovchilar soni: 286.8 million

Bir yo'lovchiga to'g'ri keladigan operating expenses: taxminan 3,060 so'm

Ko'rilgan zarar: 390,2 milliard soʻm ( source: Gazeta.uz)

Jami poyezdlar soni: 75ta ( source: Kun.uz)

Useful life: 30 yil

Bitta poyezd narxi: 88 milliard so'm

Other income: 45 milliard so'm

IFRS - 15

Faraz qilaylik, har bir yo'lovchi metro xizmatidan foydalanish uchun o'rtacha 1,700 so'm to'laydi. Yil davomida esa metrodan 286.8 million nafar yo'lovchi foydalandi.

1700 * 286.8 million = 487,560,000,000 soʻm

Provodka quyidagicha bo'ladi

Dr Cash : 487,560,000,000
Cr Revenue: 487,560,000,000

Ushbu daromad Statement of Profit or Lossda Revenue sifatida e'tirof etiladi.

Operating expenses

Faraz qilaylik, Toshkent Metro bir nafar yo'lovchiga xizmat ko'rsatish uchun o'rtacha 3,060 so'm xarajat qiladi. Ushbu xarajatlarga elektr energiyasi, xodimlar maoshi, texnik xizmat ko'rsatish va boshqa operatsion xarajatlar kiradi.

Bir nafar yo'lovchi uchun accounting entry quyidagicha bo'ladi

Dr Operating expenses 3,060 so'm
Cr Cash 3,060 so'm

Yil davomida 286.8 million nafar yo'lovchiga xizmat ko'rsatilganini hisobga olsak:

3,060 × 286.8 million = 877,608,000,000 so'm

Operating Loss

Revenue: 487,560,000,000 so'm

Cost of Sales: 877,608,000,000 so'm

Operating loss: 390,048,000,000 so'm

Bir qarashda metro juda ko'p yo'lovchiga xizmat ko'rsatayotgandek tuyuladi. Ammo Operating expenses revenue'dan yuqori bo'lgani sababli, Toshkent Metro operating loss bilan faoliyat yuritmoqda.

IAS - 16

Faraz qilaylik, Toshkent Metro tasarrufida 75 ta poyezd mavjud. Har bir poyezdning costi 88 milliard so'm, foydali xizmat muddati esa 30 yil deb baholanadi.

Depreciation formulasi:

(Cost − Residual Value) ÷ Useful Life

Soddalashtirish uchun residual value 0 deb faraz qilamiz.

Yillik depreciation:

75 × 88 milliard ÷ 30 = 220 milliard so'm

Accounting entry:

Dr Depreciation Expense 220 milliard so'm
Cr Accumulated Depreciation 220 milliard so'm

Depreciation ham Statement of Profit or Lossda expense sifatida tan olinadi va kompaniyaning moliyaviy natijasiga salbiy ta'sir qiladi.

Other Income

Toshkent Metro yo'l haqlaridan tashqari, reklamadan ham daromad oladi. Faraz qilaylik, yil davomida reklamadan 45 milliard so'm daromad olindi.

Accounting entry:

Dr Cash 45 milliard so'm
Cr Other Income 45 milliard so'm

Reklamadan olingan daromad Statement of Profit or Lossda kompaniyaning accounting policyga qarab Other Income yoki Operating Income sifatida e'tirof etilishi mumkin.

Conclusion

Ko'pchilik metro doim gavjum bo'lgani uchun uni foydali biznes deb o'ylaydi. Lekin accounting boshqa narsani ko'rsatadi.

Revenue'ning o'zi kompaniyaning muvaffaqiyatli ishlayotganini anglatmaydi. Agar xarajatlar va depreciation undan yuqori bo'lsa, kompaniya zarar ko'radi.

Toshkent Metro bunga yaxshi misol bo'la oladi. Millionlab yo'lovchilarga xizmat ko'rsatayotganiga qaramay, moliyaviy hisobotlarda zarar qayd etilishi mumkin.

Agar accountingni real hayot misollari orqali o'rganishni va shunga o'xshash qiziqarli maqolalarni o'tkazib yubormaslikni hohlasangiz, MFA Academyda ACCA kurslariga yoziling.

UlashishTelegram'da ulashish

Chuqurlashtirish

ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang

Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.

Ariza qoldirish

Keyingi o'qish