O'zim kredit olish tarafdori emasman. Lekin mikrokredit olish O'zbekistonda oddiy holat bo'lib ulgurdi.
Mikrokredit olish ancha osonlashgan:
Mijoz ariza topshiradi, bank ma'lumotlarni tekshiradi va kredit ajratiladi.
Bugun o'sha ommalashib borayotgan Mikrokredit haqida Accountant sifatida gaplashamiz.
Tafsilotlar
- Berilgan mikroqarzlar soni: 10,000 ta
- Har bir mikroqarz: $500
- Jami kredit: $5,000,000
- Expected Credit Loss: $120,000
- Yillik foiz stavkasi: 30%
Eslatma: Raqamlar IFRS 9 qoidalarini tushuntirish maqsadida taxminiy olingan.
Initial Recognition
Faraz qilaylik, bank 10,000 ta mijozga har biri $500 miqdorida mikroqarz ajratdi.
Jami ajratilgan kredit:
10,000 × $500 = $5,000,000
Accounting entry:
Dr Financial Asset (Loans Receivable) $5,000,000
Cr Cash $5,000,000
Shu orqali bankning mijozlardan undirib olinadigan kreditlari financial asset sifatida tan olinadi.
IFRS 9 – Expected Credit Loss
Barcha mijozlar ham kreditlarini qaytarmaydi. Shuning uchun IFRS 9 banklardan kredit portfeli bo'yicha Expected Credit Lossni yil ohirida hisoblashni talab etadi.
Faraz qilaylik, bankning hisob-kitobiga ko'ra Expected Credit Loss $120,000 ni tashkil qildi.
Accounting entry:
Dr Irrecoverable Debt Expense $120,000
Cr Allowance for Irrecoverable Debts $120,000
Bu entry orqali kutilayotgan kredit zarari profit or lossda expense sifatida tan olinadi, allowance esa statement of financial positionda loans receivable qiymatini kamaytiradi.
Interest Revenue
Faraz qilaylik, bank mijozga $500 miqdorida mikroqarz berdi va yillik foiz stavkasi 30%.
Yil oxirida bank quyidagi foiz daromadini tan oladi:
$500 × 30% = $150
Accounting entry:
Dr Interest Receivable $150
Cr Interest Revenue $150
Mijoz hali foizni to'lamagan bo'lsa ham, bank foiz daromadini accrual basis tamoyiliga asosan o'sha davrning o'zida tan oladi.
Loan Write-off
Faraz qilaylik, barcha undirish choralari ko'rilganiga qaramay, mijozning $500 miqdoridagi mikroqarzini undirib bo'lmadi. Endi ushbu qarz irrecoverable debt sifatida write-off qilinadi.
Accounting entry:
Dr Irrecoverable Debts Expense $500
Cr Loans Receivable $500
Bu entry orqali undirib bo'lmaydigan qarz expense sifatida profit or loss hisobotida tan olinadi va Loans Receivable balansdan chiqariladi.
Repayment of a Written-off Loan
Faraz qilaylik, avval write-off qilingan $500 miqdoridagi mikroqarz keyinchalik mijoz tomonidan to'liq qaytarildi.
Accounting entry:
Dr Cash $500
Cr Irrecoverable Debts Expense $500
Bu entry orqali avval irrecoverable debt sifatida tan olingan xarajat qisman yoki to'liq qoplanadi, natijada profit or lossdagi expense kamayadi.
Conclusion
Bir qarashda mikrokredit accountingi juda oddiydek ko'rinadi. Bank pul beradi, mijoz esa uni foizi bilan qaytaradi. Ammo accountant uchun bu jarayon bundan ancha murakkab.
Kreditning dastlabki tan olinishi, foiz daromadini hisoblash, Expected Credit Lossni baholash, allowance yaratish, kreditni write-off qilish va ayrim hollarda keyinchalik uni qayta undirish — bularning barchasi alohida accounting treatmentga ega.
Aynan shu sababli IFRS 9 banklarga kredit riskini oldindan baholashni va moliyaviy hisobotlarda ehtimoliy zararlarni o'z vaqtida aks ettirishni talab qiladi. Natijada investorlar, kreditorlar va boshqa foydalanuvchilar bankning moliyaviy holatini yanada ishonchli baholash imkoniga ega bo'ladi.
Agar accountingni real hayot misollari orqali o'rganishni va shunga o'xshash qiziqarli maqolalarni o'tkazib yubormaslikni hohlasangiz, MFA Academyda ACCA kurslariga yoziling.
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish