O'zim ham ba'zan Tashkent City yonidan o'tib qolaman. Baland binolar va zamonaviy kvartiralarni ko'rib, doim bitta savol xayolimga keladi:
Toshkent City binolarining accoutingi qanday yuritiladi?
Keling, bugun shu savolga accountant sifatida javob beramiz.
Tafsilotlar
- Bino narxi: $250,000
- Useful life: 50 years
- Qoldiq qiymati (Residual value): $20,000
- Yillik daromad: $24,000
- Yillik harajatlar: $3,000
- Yil ohiridagi fair valuesi: $280,000
Eslatma: Quyidagi raqamlar IAS 16 va IAS 40 standartlarini tushuntirish maqsadida taxmin qilingan.
IAS 40
Faraz qilaylik, investor Tashkent City'dan bitta kvartirani $250,000 ga ijaraga berish maqsadida sotib oldi.
Bunday holatda kvartira Investment Property hisoblanadi, IAS 40 standarti qo'llaniladi va provodka quyidagicha bo'ladi:
Dr Investment Property $250,000
Cr Cash $250,000
Investment Property Statement of Financial Positionda non-current asset sifatida e'tirof etiladi va fair value modelda unga depreciation hisoblanmaydi.
Rental Income
Faraz qilaylik, kvartira oyiga $2,000 ga ijaraga berildi.
Yillik ijara daromadi:
$2,000 × 12 = $24,000
Provodka:
Dr Receivables $24,000
Cr Rental Income $24,000
Accurals concept bo'yicha hali pul olinmagan bo'lsaham, daromad Statement of Profit or Lossda Rental Income sifatida e'tirof etiladi.
Fair Value Gain
IAS 40 bo'yicha kompaniya Fair Value Modelni tanlagan deb faraz qilaylik.
Yil oxirida apartmentning fair value'i $250,000 dan $280,000 ga oshdi.
Fair value gain:
$280,000 − $250,000 = $30,000
Provodka:
Dr Investment Property $30,000
Cr Gain on Fair Value Adjustment $30,000
Bu gain ham Statement of Profit or Lossda income sifatida yoziladi.
IAS 16 – Owner Occupied Property
Endi boshqa holatni tasavvur qilaylik.
Agar investor kvartirani ijaraga bermasa, balki o'zi yashash yoki kompaniya ofisi sifatida foydalanish uchun sotib olsa, u holda IAS 40 emas, IAS 16 qo'llaniladi.
Bunday vaziyatda asset depreciation qilinadi.
Depreciation formulasi:
(Cost − Residual Value) ÷ Useful Life
Yillik depreciation:
($250,000 − $20,000) ÷ 50 = $4,600
Provodka:
Dr Depreciation Expense $4,600
Cr Accumulated Depreciation $4,600
Depreciation har yili Statement of Profit or Lossga expense sifatida oboriladi va assetning carrying amounti kamaytirib boradi.
IAS 16 – Revaluation Model
Faraz qilaylik, yil oxirida Tashkent City'dagi kvartiraning fair value'i $246,400 (250,000 - 4600) dan $280,000 ga oshdi.
Revaluation gain:
$280,000 − $246,400 = 34,600
Provodka:
Dr Property, Plant and Equipment $34,600
Cr Revaluation Surplus (OCI) $34,600
Revaluation gain Statement of Profit or Lossda emas, balki Other Comprehensive Income (OCI) orqali Revaluation Surplus sifatida equity tarkibida yoziladi.
Maintenance Costs
Kvartirani saqlash va ta'mirlash uchun yil davomida $3,000 xarajat qilindi.
Provodka:
Dr Repairs and Maintenance Expense $3,000
Cr Cash $3,000
Maintenance costs ham Statement of Profit or Lossda expense sifatida oboriladi.
Conclusion
Ko'pchilik Tashkent City Apartmentsni shunchaki qimmat ko'chmas mulk sifatida ko'radi. Accountant uchun esa eng muhim savol uning qiymati emas, balki undan qanday foydalanilishidir.
Aynan shu qaror assetning IAS 16 yoki IAS 40 bo'yicha hisobga olinishini belgilaydi. Shu sababli bir xil apartment turli kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarida butunlay boshqacha accounting treatmentga ega bo'lishi mumkin.
Agar accountingni real hayot misollari orqali o'rganishni va shunga o'xshash qiziqarli maqolalarni o'tkazib yubormaslikni istasangiz, MFA Academyning ACCA kurslariga qo'shiling.
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish