Hozir ko‘chada yursangiz, deyarli har bir odamning qo‘lida iPhone yoki Samsung telefonini ko‘rishingiz mumkin. Bundan 10–20 yil oldin esa xuddi shunday holat Nokia bilan bo‘lgan.
Bir paytlar Nokia dunyodagi eng yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchisi edi. Uning telefonlari shu qadar ommalashgan ediki, ko‘pchilik uchun "telefon" deganda Nokia tushunilgan.
Bugungi kunda esa Nokia mobil telefon bozoridagi yetakchilik mavqeini deyarli butunlay yo‘qotgan.
Xo‘sh, dunyoning eng mashhur brendlaridan biri qiymatini yo‘qota boshlaganda accountantlar buni qanday hisobga oladi?
Bugun aynan shu savolga accountant sifatida javob izlaymiz.
Tafsilotlar
Nokia tarkibidagi zavodlar, binolar va ishlab chiqarish liniyalari (PPE) $981 million (taxminan $1 milliard) deb baholangan (2014-yil 15-aprel).
Nokia 6300 modelining narxi o'rtacha 290,000 so'm bo'lgan.
Nokia jami $238 million kafolat majburiyati, ya'ni Warranty provision (2014-yil 30-iyun).
Microsoft kompaniyasi 2014-yil 25-aprel kuni Nokia’ning Phones and Devices biznesini 100% sotib olgan, va taxminan $9.5 milliard to'lagan. (Source: Microsoft Corp., SEC Form 10-K, Note 3).
Microsoft Group jami $7.6 milliard impairment elon qilgan (2015-yil 8-iyul).
IAS - 16
Nokianing Nokia tarkibidagi zavodlar, binolar va ishlab chiqarish liniyalari (PPE) jami $981 million dollar deb baholangan, va ushbu non-current assetlar naqd pulga sotib olingan yoki qurilgan deb faraz qilsak, ularga quyidagicha provodka qilinadi.
Dr Non-Current Assets $981 million
Cr Cash $981 million
Bu Assets straight line yoki reducing balance uslubida depreciation qilingan.
IFRS - 15
Nokia 6300 modeli taxminan 290,000 so'mga sotiladigan bo'lsa, kompanya quyidagicha provodka qilishini hammamiz yaxshi bilsak kerak.
Dr Cash 290,000 so'm
Cr Revenue 290,000 so'm
Va mahsuloting tan narxini 138,000 so'm deb taxmin qiladigan bo'lsak, u ombordan chiqarilgan paytda quyidagicha provodka qilinadi.
Dr Cost of Sales 138,000 so'm
Cr Inventory 138,000 so'm
Bu provodkalarning Statement of profit or lossda ko'rinishi
Revenue: 290,000 so'm
Cost of Sales: (138,000) so'm
Gross profit: 152,000 so'm
Demak, Nokia bitta Nokia 6300 telefonini sotish orqali 152,000 so‘m gross profit ishlab topgan.
Albatta, bu kompaniyaning yakuniy foydasi emas. Bundan keyin marketing, xodimlar maoshi, tadqiqot va rivojlantirish (R&D), administrativ xarajatlar va boshqa operating expenses'lar ham ayriladi. Shunga qaramay, gross profit mahsulotning o‘zi kompaniya uchun qanchalik foydali ekanligini ko‘rsatadigan muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
IAS - 37
Nokia har bir sotilgan telefonga 1 yoki 2 yillik zavod kafolati (Warranty) bergan. IAS 37 talabiga ko‘ra, kafolat xarajatlari kelajakda emas, balki telefon sotilgan vaqtning o‘zidayoq majburiyat (Provision) sifatida zaxiraga olinishi shart.
Taxminan $238 million warranty provision yaratilgan deb hisoblasak, uning provodkasi quyidagicha bo'ladi.
Dr Operating expenses $238 million
Cr Warranty provision $238 million
Keyinchalik mijozlar telefonlarini kafolat asosida ta'mirlash yoki almashtirish uchun olib kelganda, xarajat qayta tan olinmaydi. Aksincha, avval yaratilgan provision kamaytiriladi:
Dr Warranty Provision
Cr Cash
Provisiondagi o‘zgarishlar odatda Profit or Loss statementning operating expenses qismida aks ettiriladi.
IFRS 3 – Business Combinations
Microsoft kompaniyasi 2014-yil 25-aprel kuni Nokia’ning Phones and Devices biznesini sotib olgan. Bitim qiymati $9,442 million bo‘lgan.
Sotib olish sanasida ushbu biznesning Net Assets qiymati esa $5,797 million deb baholangan.
Bu raqamlar bizga Goodwill'ni hisoblash imkonini beradi.
Goodwill — bu kompaniya sotib olinayotganda uning aniqlanishi mumkin bo‘lgan assetlari va majburiyatlarining sof qiymatidan ortiqcha to‘langan summadir. Oddiy qilib aytganda, Microsoft Nokia'ning zavodlari, uskunalari, patentlari va boshqa assetlaridan tashqari, uning brendi, mijozlari va kelajakda keltirishi kutilayotgan iqtisodiy manfaatlar uchun ham qo‘shimcha pul to‘lagan.
Goodwill formulasi quyidagicha:
Parent's Consideration
Add: Non-controlling Interest
Less: Net Assets of Subsidiary
100% ulush sotib olinganligi sababli, bu yerda Non-controlling Interest (NCI) mavjud emas va 0 ga teng.
Shunday qilib:
Parent's Consideration: $9,442 million
Add: Non-controlling Interest: $0
Less: Net Assets of Nokia: ($5,797 million)
Goodwill: $3,645 million
Demak, Microsoft Nokia'ning Phones and Devices biznesini sotib olgan paytda $3,645 million goodwill tan olgan.
Bu summa alohida sotib olinmagan va intangible asset hisoblanadi. U Microsoft tomonidan Nokia biznesining kelajakdagi qiymatiga berilgan bahoni ifodalaydi.
Sotib olish sanasidagi konsolidatsiya yozuvi quyidagicha bo‘ladi:
Dr Net Assets Acquired: $5,797 million
Dr Goodwill: $3,645 million
Cr Cash (Consideration Paid): $9,442 million
Natijada Microsoft Group Balance Sheetida $3,645 million goodwill paydo bo‘ladi. Keyinchalik aynan shu goodwill IAS 36 bo‘yicha impairment testdan o‘tkaziladi va maqolamizning keyingi qismida ko‘radiganimizdek, Nokia investitsiyasi kutilgan natijani bermagani sababli uning katta qismi hisobdan chiqariladi.
IAS-36
Microsoftning investitsiyasi o‘zini oqlamadi va kompaniya 2015-yil 8-iyul kuni $7,600 million impairment loss tan oldi.
Impairmentning provodkasi quyidagicha bo‘ladi:
Dr Impairment Expense: $7,600 million
Cr Goodwill (Nokia): $3,645 million
Cr Intangible Assets (Nokia): $2,200 million
Cr Goodwill (Others): $1,755 million
Bu provodka Microsoft’dan $7.6 milliard naqd pul chiqib ketganini anglatmaydi. Aksincha, kompaniya avval Balance Sheetda tan olgan ayrim assetlarning qiymati endi avvalgidek emasligini tan olmoqda.
E'tibor bering, Nokia sotib olinayotganda tan olingan $3.645 milliard goodwill deyarli to‘liq hisobdan chiqarilgan. Bu esa Microsoft Nokia biznesidan kutgan iqtisodiy manfaatlar amalga oshmaganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, Nokia bilan bog‘liq bo‘lgan $2.2 milliardlik intangible assetlar ham qadrsizlangan. Sababi, ushbu assetlardan kelajakda olinishi kutilgan manfaatlar sezilarli darajada kamaygan.
Natijada Microsoft Profit or Loss statementida $7.6 milliard zarar tan oldi, Balance Sheetda esa goodwill va boshqa intangible assetlarning carrying amounti shu summaga kamaydi.
Qizig‘i shundaki, Microsoft Nokia telefon biznesini sotib olish uchun $7.9 milliard to‘lagan edi. Oradan atigi 14 oy o‘tib, kompaniya deyarli shu summaga teng impairment loss tan olishga majbur bo‘ldi. Shu sababli Nokia bitimi ko‘pincha korporativ tarixdagi eng muvaffaqiyatsiz acquisitionlardan biri sifatida tilga olinadi.
Xulosa
Nokia misolida biz bir nechta muhim IFRS standartlarining amaliyotdagi qo‘llanilishini ko‘rdik. Telefonlar sotilganda revenue tan olindi, kafolat majburiyatlari uchun provision yaratildi, zavod va uskunalar depreciation qilindi, Microsoft tomonidan sotib olinganda esa goodwill hisoblandi.
Biroq eng qiziq jihati shundaki, Microsoft Nokia uchun milliardlab dollar to‘lagan bo‘lsa-da, kutilgan iqtisodiy manfaatlar amalga oshmadi va natijada $7.6 milliard impairment loss tan olishga majbur bo‘ldi.
Nokia tarixi bizga shuni ko‘rsatadiki, kompaniyaning haqiqiy qiymati nafaqat uning assetlarida, balki ushbu assetlar kelajakda qanchalik iqtisodiy manfaat yaratishida ham namoyon bo‘ladi.
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish