MFA
← Blogga qaytish

Financial Accounting

Accounting for New Branches of Evos

Hozir Toshkentda qayerga bormang, EVOS filiallaridan biriga duch kelishingiz mumkin. Yangi filiallar ham tez-tez ochilib turadi.

Olimov Faxriddin

Olimov Faxriddin

Tutor at MFA Academy

E'lon qilingan: 15-iyul, 20262 daq

Hozir Toshkentda qayerga bormang, EVOS filiallaridan biriga duch kelishingiz mumkin. Yangi filiallar ham tez-tez ochilib turadi.

Bir kuni EVOS'da lavash yeb o'tirib, o'zimga qiziq savol berdim:

EVOS har bir yangi filial uchun binoni sotib oladimi yoki ijaraga oladimi?

Agar ijaraga olsa, accountantlar buni qanday hisobga oladi?

Bugun aynan shu savolga accountant sifatida javob izlaymiz.

Tafsilotlar

Faraz qilaylik, EVOS yangi filial uchun quyidagi shartlarda binoni ijaraga oldi:

  • Ijara muddati: 5 yil
  • Yillik ijara to'lovi: 240 million so'm
  • To'lov yil oxirida amalga oshiriladi
  • Diskont stavkasi: 15%

Ushbu ijara to'lovlarining hozirgi qiymati taxminan 804 million so'mni tashkil qiladi.

Eslatma: EVOS filiallarining haqiqiy ijara shartlari ommaga e'lon qilinmagan. Shu sababli quyidagi hisob-kitoblar IFRS 16 ni tushuntirish maqsadida taxminiy ma'lumotlarga asoslangan.

IFRS - 16

Ko'pchilik ijara xarajatlari to'g'ridan-to'g'ri Profit or Loss statementga yoziladi deb o'ylaydi.

Oldin shunday edi.

Lekin IFRS 16 joriy qilingach, ko'plab ijaralar balansga olib chiqila boshlandi.

EVOS filial uchun binoni ijaraga olgan paytda quyidagi provodkani amalga oshiradi:

Dr Right-of-Use Asset 804 million so'm
Cr Lease Liability 804 million so'm

Bu yerda qiziq jihat shundaki, EVOS binoning egasi bo'lmasa ham, undan foydalanish huquqiga ega bo'lgani uchun asset tan oladi.

Amortization table

804 million so‘mlik lease liability har yili 15% stavka asosida foiz xarajatini (interest expense) keltirib chiqaradi.

Birinchi yil uchun:

804 million × 15% = 120.6 million so‘m

Dr Finance Cost 120.6 million so‘m
Cr Lease Liability 120.6 million so‘m

Ushbu foiz xarajatlari Profit or Loss Statementda finance cost sifatida tan olinadi, lease payments esa majburiyatning bir qismini kamaytirib boradi. Natijada lease liability yildan-yilga pasayib, 5 yil oxiriga kelib nolga teng bo‘ladi. Buni quyidagi jadval orqali ko‘rish mumkin:

Bu Financial Reportingda (F7) odatda "Lease Liability Amortisation Table" deb ataladi.

Depreciation Expense

Right-of-Use Asset odatda ijara muddati davomida depreciation qilinadi.

5 yillik ijara uchun yillik depreciation:

804 million ÷ 5 yil = 160.8 million so'm

Har yili:

Dr Depreciation Expense 160.8 million so'm
Cr Accumulated Depreciation 160.8 million so'm

Shunday qilib, asset qiymati asta-sekin kamayib boradi.

Qiziq tomoni shundaki, agar ijara muddati oxirida bino egalik huquqi EVOS nomiga o'tishi aniq bo'lsa, depreciation ijara muddatiga emas, balki binoning foydalilik muddatiga (useful life) asoslanishi mumkin.

Faraz qilaylik, binoning useful life'i 50 yil.

Unda yillik depreciation:

804 million ÷ 50 yil = 16.08 million so'm

Har yili:

Dr Depreciation Expense 16.08 million so'm
Cr Accumulated Depreciation 16.08 million so'm

Ko‘rinib turibdiki, asset'ning foydalilik muddati ko'proq bo‘lgani uchun yillik depreciation xarajati ham ancha past bo‘ladi.

Xulosa

EVOS filiallari joylashgan binolar kompaniyaga tegishli bo‘lmasa ham, IFRS 16 bo‘yicha ushbu binolardan foydalanish huquqi kompaniyaning balansida asset sifatida tan olinadi.

Bu esa investorlar va boshqa foydalanuvchilarga kompaniyaning haqiqiy moliyaviy majburiyatlari haqida ancha to‘liq tasavvur beradi.

Demak, keyingi safar EVOS'ning yangi filialini ko‘rganingizda, u yerda nafaqat lavash va burgerlar, balki IFRS 16 talablariga muvofiq tan olingan millionlab so‘mlik Right-of-Use Asset va Lease Liability ham mavjudligini eslashingiz mumkin. Bu esa accountingning kundalik hayotimizdagi biznes qarorlarini qanday aks ettirishiga yana bir qiziqarli misoldir.

UlashishTelegram'da ulashish

Chuqurlashtirish

ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang

Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.

Ariza qoldirish

Keyingi o'qish