O'tgan oy Korzinkadan 1 million so'mlik xarid qilibman. O'zim Toshkentda ijarada turaman, va xonadoshlarim bilan qanaqadir ovqat qilgimiz kelib qolsa, Korzinkadan bozorlik qilamiz. Kassaga kelganimizda esa kassir opa deyarli har doim bir xil savolni beradi:
"Korzinka kartangiz bormi?"
Bir qarashda bu oddiy marketing dasturidek ko'rinadi. Xarid qilasiz, bonus yig'asiz va keyingi xaridlarda ishlatasiz.
Lekin accountant uchun Korzinka kartasi IFRS 15 Revenue from Contracts with Customers standartiga juda qiziqarli misol bo'la oladi.
Tafsilotlar
1% cashback harid qilinganda
1% cashback har bir 1mln 300 ming so'm oylik harid uchun
1% cashback har bir 4mln 500 ming so'm choraklik harid uchun
Foydalanish muddati 12 oy.
Harid qilinganda
Men qilgan 1mln so'mlik haridimga, Korzinka ushbu provodkadan foydalanadi.
Dr Cash 1,000,000 so'm
Cr Sales 990,000 so'm
Cr Contract Liability 10,000 so'm
Cashback qilingan summa IFRS 15 bo'yicha kechiktirilgan daromad, ya'ni deferred income ( contract liability) sifatida tan olinadi.
Oylik Cashback
Tasavvur qilaylik men yana 300 ming so'mlik harid qildim va oylik cashback qo'lga kiritdim.
Dr Cash 300 ming so'm
Cr Sales 284 ming so'm
Cr Contract liability 16 ming so'm
Bu provodkada 16 ming so'm quyidagilardan tashkil topgan
300 ming so'm xarid uchun 1% cashback - 3 ming so'm
1mln 300 ming so'm oylik limitga erishilganligi uchun 1% cashback = 13 ming so'm
Natijada Korzinkada bonuslar bo'yicha contract liability yanada ortadi.
Bonuslardan Foydalanganda
Faraz qilaylik keyingi oy 12 ming so'mga cashbackdan foydalanib Korzinkadan "Borjomi" suvini harid qildim. Bu holatda Korzinka contract liability bilan bog'liq majburiyatining bir qismini bajargan.
Dr Contract liability: 12,000 so'm
Cr Sales: 12,000 so'm
Va, oldingi kechiktirilgan daromadni, endi kompanya o'zini profit or loss statementiga oboradi. Bu IFRS 15 tamoyillaridan biri: Revenue kompaniya performance obligationni bajarganda tan olinadi.
Sales: 12,000
Cost of Sales (Mahsulot tan narxi) : (10,000)
Gross Profit: 2,000
Bu provodkaning profit or loss statementida ko'rinishi.
Cashback muddati o'tsa
Faraz qilaylik men 5 ming so'mlik bonusimni 12 oy ichida ishlatmadim, va bonusimni muddati tugaydi. Accounting nuqtai nazaridan Korzinkaning ushbu bonuslar bo'yicha majburiyati ham tugaydi.
Dr Contract liability 5,000 so'm
Cr Revenue 5,000 so'm
IFRS 15 da bu holat ko'pincha breakage deb ataladi.
Ya'ni mijoz foydalanmagan bonuslar bo'yicha kompaniyaning majburiyati tugashi va revenue tan olinishi.
Xulosa
Accounting nuqtai nazaridan qaraganda Korzinka Loyalty Card oddiy bonus tizimi emas.
U:
- IFRS 15 bo'yicha Revenue Recognition misoli,
- Contract Liability (Deferred Income) tushunchasining amaliy ko'rinishi,
- Customer Loyalty Programme accountingiga misol
- Hamda breakage konsepsiyasiga yaxshi misol hisoblanadi.
Xullas, hozircha shular...
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish