MFA
← Blogga qaytish

Financial Accounting

Accounting for Cattle Farms

Chorvachilik fermasining biznes modeli juda oddiy ko‘rinadi: hayvon boqiladi, mahsulot olinadi va sotiladi.

Olimov Faxriddin

Olimov Faxriddin

Tutor at MFA Academy

E'lon qilingan: 18-iyul, 20263 daq

Chorvachilik fermasining biznes modeli juda oddiy ko‘rinadi: hayvon boqiladi, mahsulot olinadi va sotiladi.

Lekin accountantlar uchun eng qiziq jarayon sotuv paytida emas, undan oldin boshlanadi.

Hayvonlarning o‘sishi, ko‘payishi va bozor qiymatining o‘zgarishi ham ferma faoliyatining muhim qismi hisoblanadi. Ba'zan aynan shu o‘zgarishlar kompaniyaning financial statementlariga ta’sir qilishi mumkin.

Bugun chorvachilik fermasiga IAS 41 Agriculture standarti nuqtai nazaridan qaraymiz.

Tafsilotlar

  • Sigirlar soni: 100 ta
  • Bir sigir $1000 ga sotib olingan, va sotish uchun ketadigan harajat $50
  • Bir sigirning yil oxiridagi fair value less costs to sell qiymati: $1,300
  • Yil davomida ishlab chiqarilgan sut: 300,000 litr
  • Sutning sog'ib olish paytidagi fair value less costs to sell qiymati: $0.50/litr

Eslatma: Quyidagi raqamlar IAS 41 qoidalarini tushuntirish uchun taxminiy olingan.

IAS - 41

Qishloq xo‘jaligi bizneslarining eng katta farqi shundaki, ular oddiy assetlar bilan emas, balki biological assets bilan ishlaydi.

Masalan, zavoddagi uskuna vaqt o‘tishi bilan eskiradi va unga depreciation hisoblanadi. Sigirlar qarishi mumkin, lekin IAS 41 bo‘yicha ularning qiymatidagi o‘zgarish depreciation orqali emas, fair value changes orqali amalga oshiriladi.

IAS 41 Agriculture bo‘yicha biological assets fair value less costs to sell orqali o‘lchanadi. Ya’ni assetning fair value qiymatidan uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar ayirib tashlanadi.

Misolimizdagi 100 ta sigir har biri $1,000 dan sotib olindi. Har bir sigirni sotish bilan bog‘liq xarajat esa $50 ni tashkil qiladi.

100 × $1,000 = $100,000

100 × $50 = $5,000

Shunday qilib, sigirlarning fair value less costs to sell qiymati (fair value:$1000):

$100,000 − $5,000 = $95,000

Provodka quyidagicha bo'ladi

Dr Biological Assets $95,000
Dr Loss on Initial Recognition $5,000
Cr Cash $100,000

Bu yerda $5,000 zarar sifatida tan olinadi, chunki sotib olish uchun to‘langan summa biological assetning fair value less costs to sell qiymatidan yuqori bo‘lgan.

Fair Value Adjustment

Misolimizdagi 100 ta sigir yil boshida fair value less costs to sell bo‘yicha $95,000 qiymatda tan olingan edi.

Yil oxiriga kelib, har bir sigirning fair value less costs to sell qiymati $1,300 ga oshdi:

100 × $1,300 = $130,000

Shunday qilib, biological assets qiymati:

$130,000 − $95,000 = $35,000

ga oshdi.

Ushbu o‘zgarish IAS 41 bo‘yicha profit or lossda tan olinadi.

Accounting entry:

Dr Biological Assets $35,000
Cr Gain on Fair Value Adjustment (P/L) $35,000

Bu yerda kompaniya hech qanday sigir sotmagan bo‘lsa ham, ularning o‘sishi va bozor qiymatining oshishi profit or loss ga ta'sir qiladi.

From Biological produce to Inventory (IAS 2)

Sigirlar biological assets hisoblanadi, lekin ulardan olingan sut biological asset emas. Sut sog‘ib olingan paytda agricultural produce hisoblanadi va IAS 41 bo‘yicha fair value less costs to sell orqali o‘lchanadi.

Misolimizda:

  • Sut ishlab chiqarish: 300,000 litr
  • Fair value less costs to sell: $0.50/litr

300,000 × $0.50 = $150,000

Sut sog‘ib olinganda:

Dr Inventory (Milk) $150,000
Cr Gain arising on initial recognition of agricultural produce (P/L) $150,000

Shundan keyin sut IAS 2 Inventory sifatida hisobga olinadi, va gain Profit or Loss statementiga olib boriladi.

Conclusion

Chorvachilik fermasi oddiy mahsulot ishlab chiqaradigan biznesdek ko‘rinsa ham, accountantlar uchun uning eng qiziq tomoni sotuv jarayoni emas.

Bu yerda asosiy e’tibor hayvonlarning o‘sishi, ko‘payishi va vaqt davomida qiymatining o‘zgarishiga qaratiladi.

IAS 41 Agriculture biological assetsni oddiy assetlar kabi emas, balki ularning biologik o‘zgarishini hisobga olgan holda fair value less costs to sell orqali o‘lchaydi.

Shu sababli chorvachilik biznesida turli jarayonlar turli standartlar asosida hisobga olinadi:

  • Sigirlar → IAS 41 Biological Assets
  • Sut → IAS 41 Agricultural Produce → IAS 2 Inventory

Xullas, Hozircha shular...

UlashishTelegram'da ulashish

Chuqurlashtirish

ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang

Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.

Ariza qoldirish

Keyingi o'qish